Uncategorized @uz

1 oktabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?

1 oktabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?

«Tonirovka»ga ruxsatnomaning faqat my.gov.uz orqali berilishi, eng yaxshi loyihalar uchun yoshlarga 54 mln so‘mgacha grant mablag‘larining berilishi, eksportyor korxonalarga $5 mlngacha bir martalik moliyaviy resurslarning taqdim etilishi, alkogol va tamaki mahsulotlarining ayrim turlariga soliq stavkalarining oshirilishi — 1 oktabrdan O‘zbekiston qonunchiligida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?К

1. YATT tomonidan soliq hisobotini topshirish majburiyati bekor qilinadi

«Tadbirkorlik subyektlari uchun ma’muriy va soliq yukini yanada kamaytirish, biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoniga ko‘ra, 2021 yil 1 oktabrdan quyidagilar bekor qilinadi:

  • qat’iy belgilangan miqdordagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan YATT tomonidan soliq organlariga soliq hisobotini topshirish majburiyati;
  • alohida tayyor import iste’mol tovarlarining bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan keyin 12 oy o‘tgach sotuvga qo‘yilishi hamda chakana savdoda realizatsiya qilinishiga qo‘yilgan taqiq.

2. «Tonirovka»ga ruxsatnoma faqat my.gov.uz orqali beriladi

Avtotransportlar oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmati faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladi.


3. Respublikaning barcha tuman (shahar)larida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tashkil etiladi

«Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qaroriga ko‘ra, hududiy adliya boshqarmalari huzurida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari respublikaning barcha tuman (shahar)larida tashkil etiladi.

Shunga ko‘ra, davlat budjetidan moliyalashtiriladigan ayrim davlat tashkilotlarining tuman (shahar) bo‘linmalarida jami 1 182 ta yuridik xizmatlar shtat birliklari qisqartiriladi. Bo‘shatilayotgan shtat birliklari hisobidan markazlar faoliyatini tashkil etish uchun 1 056 ta shtat birliklari ajratiladi.


4. «Masofiy elektron deklaratsiyalash» bojxona postlari tashkil etiladi

Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari bojxona boshqarmalarida toifadan tashqari maqomga ega bo‘lgan «Masofaviy elektron deklaratsiyalash» bojxona postlari bosqichma-bosqich tashkil etiladi.

«Masofaviy elektron deklaratsiyalash» postlari tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining elektron bojxona yuk deklaratsiyalarini masofaviy rasmiylashtiradi.


5. Yoshlarga eng yaxshi loyihalar uchun 54 mln so‘mgacha grant mablag‘lari beriladi

Yoshlarning «Biznesga birinchi qadam» startap g‘oyalari tanlovlari tashkil etiladi hamda har bir tuman va shaharda kamida 3 nafardan g‘olibga grantlar berish amaliyoti joriy etiladi.

Eng yaxshi loyihalarning har biri uchun BHMning 200 baravarigacha (54 mln) grant mablag‘lari beriladi.


6. 38 ta mahallada «Elektron kuzatuv maskanlari» tashkil etiladi

«Mahallalarda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qaroriga ko‘ra, 2021 yil 1 oktabrdan 2022 yil 1 oktabrgacha mahallalarda barpo etilgan ayrim «Jamoatchilik nazorati maskanlari» (maskanlar) negizida «Elektron kuzatuv maskanlari» faoliyatini tashkil etish bo‘yicha eksperiment o‘tkaziladi.

Eksperiment doirasida:

  • tadbirkorlarga beriladigan maskanlar va ularning binolari atrofida 6 kvadrat metrgacha «Elektron kuzatuv maskanlari» joylashtiriladi, qolgani tadbirkorlik uchun 5 yil muddatga ijaraning «nol» stavkasi asosida beriladi;
  • maskanlar ijara shartnomasi asosida beriladigan tadbirkorlar «E-auksion» platformasida elektron tanlov o‘tkazish orqali aniqlanadi;
  • ijara muddati tugagandan so‘ng maskanlarning binolari mahallaga mulk huquqi asosida qoldiriladi.

Shunga ko‘ra, hududlarda tegishli 38 ta mahalladagi maskanlar «Elektron kuzatuv maskanlari» faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlarga ijara huquqi asosida beriladi.


7. Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish tartiblari takomillashtiriladi

2021 yil 1 oktabrdan shaharsozlik hujjatlari ekspertizasini amalga oshirishda:

  • shaharsozlik hujjatlari «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimi orqali ko‘rib chiqiladi;
  • davlat mablag‘lari, davlat kafolatiga olingan tashqi investitsiya mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan ishlarning loyiha hujjatlari «Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi» DUK yoki uning hududiy filiallari tomonidan ko‘rib chiqiladi;
  • boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar loyiha hujjatlari akkreditatsiya qilingan yuridik shaxslar, «Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi» DUK yoki uning hududiy filiallari tomonidan ko‘rib chiqiladi;
  • ijobiy ekspertiza xulosalari «Ekspertiza xulosalarining yagona reyestri»ga kiritilgan taqdirda haqiqiy deb tan olinadi;
  • ekspertizadan o‘tkazganlik uchun xizmatlar haqini tabaqalashtirilgan tartibda hisoblash tizimi joriy etiladi;
  • loyiha hujjatlarini ko‘rib chiquvchi ekspert — mutaxassislarni attestatsiyadan o‘tkazish va ularni sertifikatlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha shaharsozlik va loyiha hujjatlarining loyihaviy yechimlarini shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, quyidagi obyektlarning loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish majburiy emas:

  • mavsumiy ishlar uchun vaqtincha va maishiy binolar;
  • 300 kub metrdan ortiq bo‘lmagan alohida qurilayotgan kichik hajmdagi obyektlar;
  • ikki qavatdan yuqori bo‘lmagan (sokolni hisobga olmagan holda) balandligi yer yuzidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lmagan yakka tartibdagi uy-joylar;
  • joriy ta’mirlanadigan binolar, inshootlar.

8. Elektron agrosanoat bozori portali tashkil etiladi

«Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yo‘qotishlarini qisqartirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qaroriga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi «Agrosanoatni raqamlashtirish markazi» davlat muassasasida elektron agrosanoat bozori portali tashkil etiladi.

Elektron portalda, jumladan:

  • ichki bozorni asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash darajasi doimiy baholanadi;
  • xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida onlayn rejimda kooperatsiya aloqalari yo‘lga qo‘yilib, elektron savdolar tashkil etiladi.

Elektron portal 2021 yil 1 oktabrdan 1 dekabrgacha «test rejimi»da ishlaydi va 2022 yil 1 yanvardan to‘liq ishga tushiriladi.

Bundan tashqari, E-AUKSION elektron savdo platformasi orqali ajratilgan davlat mulki hisoblangan yer uchastkalari va bino-inshootlar qiymati tadbirkorlar tomonidan, istisno tariqasida, savdo o‘tkazilgan sanadan boshlab bir yil davomida teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash mexanizmi joriy qilinadi.


9. Eksportyor korxonalarga $5 mlngacha bir martalik moliyaviy resurslar taqdim etiladi

2021 yil 1 oktabrdan:

  • Yillik eksport hajmi 20 mln AQSh dollaridan oshgan korxonalarga eksport savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun bir martalik moliyaviy resurslar 5 mln dollargacha miqdorda, bir yilgacha muddatga taqdim etiladi;
  • Oxirgi 12 oy davomida 1 mln dollardan ortiq tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan korxonalarga asosiy va yordamchi ishlab chiqarishi uchun butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar olib kirishda bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha foiz hisoblanmagan hamda ularning to‘lanishini ta’minlash talab etilmagan holda 120 kunga kechiktirish imkoniyati beriladi.

Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarga jarimalar qo‘llanilishi 2021 yil 31 dekabrgacha to‘xtatiladi.

Shuningdek, 2021 yil 1 oktabrdan yuqori sifat va nazorat tizimiga ega mamlakatlardan sertifikatlangan va deklaratsiyalangan asbob-uskuna, butlovchi qismlar, xomashyo, o‘lchov vositalari, kimyoviy reagentlar, ko‘tarish moslamalari va transport vositalari importida milliy sertifikat olish talabi bekor qilinadi.


10. Sement ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig‘i stavkasi pasaytiriladi

2021 yil 1 oktabrdan sement (klinker) ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig‘ining stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha pasaytiriladi.


11. Qiymati 200 mlrd so‘mdan oshadigan loyihalar davlat tomonidan infratuzilmalar bilan ta’minlanadi

2021 yil 1 oktabrdan boshlab investorning qiymati 200 mlrd so‘mdan oshadigan, uning o‘z mablag‘lari ulushi 25 foizdan kam bo‘lmagan, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Qiymati 200 mlrd so‘mdan oshadigan investitsiya loyihalari doirasida budjet ssudasi mablag‘lari:

  • budjet ssudasi mablag‘lari elektr energiyasi tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari uchun «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ va «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJlarga, tabiiy gaz tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari uchun «O‘ztransgaz» AJ va «Hududgazta’minot» AJga ajratiladi;
  • avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari huzuridagi avtomobil yo‘llarini rivojlantirish jamg‘armalari hisobidan amalga oshiriladi.

12. Barcha hududlarda 14 ta IT-texnikum faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

1 oktabrdan barcha hududlarda 14 ta IT-texnikum faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ularda dasturiy injiniring, axborot xavfsizligi, telekommunikatsiya kabi yo‘nalishlar bo‘yicha 8 mingga yaqin o‘quvchi tahsil oladi.

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida 10 sentabr kuni axborot texnologiyalari sohasida salohiyatli kadrlar tayyorlash va iqtidorli yoshlar bilan tizimli ishlash masalalari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.


13. QQSning salbiy summasini qoplash uchun soliq organlariga ariza bilan murojaat qilish talabi bekor qilinadi

«Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’muriyatchiligini takomillashtirish to‘g‘risida”gi prezident qaroriga ko‘ra, 2021 yil 1 oktabrdan eksport qilinadigan tovarlar uchun ishlatilgan, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan (to‘langan) QQS summasi soliq to‘lovchining O‘zbekistondagi bank hisobvarag‘iga chet el valyutasi tushumi kelib tushishidan qat’i nazar hicobga olinadi.

Ushbu imkoniyat intizomli soliq to‘lovchilarga (oxirgi bir yil davomida valyuta tushumlarini o‘z vaqtida ta’minlab kelayotgan va eksport shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorligi bo‘lmagan) tatbiq etiladi.

Tovarlar «eksport» bojxona rejimi ostida chiqarilgan kundan e’tiboran 180 kun ichida valyuta tushumi yoki uning bir qismi eksport qiluvchining O‘zbekiston tijorat banklaridagi hisobvarag‘iga kelib tushmagan taqdirda, QQSning hisobga olingan summasi yoki uning tegishli qismi belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.


14. Ko‘p kvartirali uy-joy ekspluatatsiyasining kafolat muddati joriy qilinadi

«Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi prezident qaroriga ko‘ra, 1 oktabrdan qurilishi tugallangan va foydalanishga qabul qilingan ko‘p kvartirali uy-joyni boshqarish birinchi ikki yilda quruvchi tomonidan amalga oshiriladi hamda mazkur muddatga ko‘p kvartirali uy-joy ekspluatatsiyasining kafolat muddati joriy qilinadi.

Har bir ko‘p kvartirali uy-joyning kadastr pasportida ko‘p kvartirali uy-joyga tutash yer uchastkasi to‘g‘risida ma’lumotlar majburiy tartibda bo‘lishi shart.


15. Suvdan foydalanish va suv iste’moli to‘g‘risidagi hisobotlar elektron shaklda yuritiladi

«Suvdan foydalanish va suv iste’molida suv resurslarining hisobi va hisobotini hamda monitoringini yuritish tartibi to‘g‘risidagi» hukumat qaroriga ko‘ra, suvdan foydalanish va suv iste’molida cuv resurslarining hisobini yuritishning shaffof tizimi joriy etiladi.

Suv resurslarining hisobotini yuritishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiladi, shuningdek sohada monitoring yuritiladi. Suvdan barcha maxsus foydalanuvchilar va maxsus suv iste’molchilari suvdan foydalanish va suv iste’moli to‘g‘risidagi hisobotlar elektron shaklda yuritiladi.

Suv olish joylari «onlayn» rejimda ishlaydigan raqamli qurilmalar bilan bosqichma-bosqich jihozlanadi va ma’lumotlarni uzatish bo‘yicha dasturiy ta’minlanadi.


16. Sud organlari faoliyati davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi

2021 yildan boshlab Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, quyi sudlar sudyalari, Sudyalar oliy maktabi va ularning apparati xodimlari, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti va uning hududiy bo‘limlari xodimlarining ish haqlari va qo‘shimcha to‘lovlari to‘liqligicha Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Bunda quyidagi to‘lovlar 2021 yil 1 oktabrgacha Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, 2021 yil 1 oktabrdan boshlab esa respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi:

  • sudlar, Sudyalar oliy kengashi sudyalari va ularning apparati xodimlari, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti va uning hududiy bo‘limlari xodimlarining ko‘p yillik xizmatlari uchun ustamalar;
  • Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi sudyalari va apparatlari xodimlari, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti va uning hududiy bo‘limlari xodimlarining malaka darajasi va mansab darajasi uchun qo‘shimcha haq.

Shuningdek, sudyalar, sud apparati xodimlari, Sudyalar oliy kengashi, shuningdek, Sudyalar oliy maktabi, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti va uning hududiy bo‘limlari xodimlarining tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadlari tasdiqlandi.


17. Alkogol va tamaki mahsulotlarining ayrim turlariga soliq stavkalari oshiriladi

2021 yil 1 oktabrdan quyidagi alkogol va tamaki mahsulotlariga soliq stavkalari oshiriladi:

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi


Shuningdek, 2021 yil 1 oktabrdan:

  • Hisob palatasi, Moliya vazirligi va ichki audit xizmatlari har chorakda OAV vakillari ishtirokida jamoatchilikka o‘z hisobotlarni e’lon qilib boradi.
  • «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalar va shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar manfaatdor vazirlik va idoralarga «Elektron hukumat» tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etiladi.
  • Oylik ustamalar boshlab Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, ish beruvchi va yosh mutaxassis bilan 3 yilgacha bo‘lgan muddatga tuzilgan shartnoma asosida yosh mutaxassisning lavozim maoshiga qo‘shimcha ravishda har oy to‘lab boriladi.
  • Tegishli davlat tibbiyot muassasalarida (14 ta) imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga kvota asosida order berish tartibi bekor qilinadi va moliyalashtirishning yangi mexanizmi asosida ularni hisobga olish va navbat asosida davolanishga yo‘llashning elektron axborot tizimi joriy etiladi.
  • Barcha davlat organlari va tashkilotlari, viloyat hokimliklarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
  • 5 oktabrdan boshlab Moskvadan O‘zbekiston shaharlariga doimiy aviaqatnovlar oshiriladi. Bunda Moskva — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga 4 tagacha reys, Moskva — Samarqand, Buxoro bo‘yicha haftasiga 2 ta reys yo‘lga qo‘yiladi.

Leave your thought here

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Select the fields to be shown. Others will be hidden. Drag and drop to rearrange the order.
  • Image
  • SKU
  • Rating
  • Price
  • Stock
  • Availability
  • Add to cart
  • Description
  • Content
  • Weight
  • Dimensions
  • Additional information
  • Attributes
  • Custom attributes
  • Custom fields
Click outside to hide the compare bar
Compare
Wishlist 0
Open wishlist page Continue shopping