ACCA: nima, kim uchun, qanday, qancha va qayerda?

ACCA: nima, kim uchun, qanday, qancha va qayerda?

ACCA qanday tashkilot?

ACCA – Association of Chartered Certified Accountants (Sertifikatlangan diplomli buxgalterlar Assotsiatsiyasi) – 1904-yilda asos solingan boʻlib, moliya, hisob va audit sohalari mutaxassislarini birlashtiruvchi xalqaro professional tashkilot hisoblanadi. Assotsiatsiya 181 davlatda 188 000 aʼzo va 480 000 talabalarga biznes boʻyicha bilim, koʻnikma va malakalarini rivojlantirish va karyerasini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashgan hamda oʻz tarkibida uyushtirgan.

Assotsiatsiya xalqaro miqyosda katta nufuzga ega, tashkilot sertifikatini qoʻlga kiritgan mutaxassis oʻz sohasi boʻyicha keng doiradagi mahalliy va xalqaro tashkilotlarda ishlash imkoniga ega boʻladi. Tashkilot malakasi Xalqaro Buxgalterlar Federatsiyasi (IFAC)ning xalqaro oʻqitish standartlariga toʻliq mos keladi. ACCA taʼlim dasturlari biznesning istalgan sektori boʻyicha yuqori malakali mutaxassis boʻlishga intilgan talabgorlar uchun moʻljallangan.

ACCA haqida qisqacha

Til – ingliz, rus tili

Toʻlov –butun taʼlim davrida umumiy oʻqish va imtihon xarajatlari taxminan 6700-7000 funt-sterling. Batafsil: SHU YERDA

Bir yilda necha marta imtihon oʻtkaziladi –yil davomida 4 marta (mart, iyun, sentyabr va dekabr) kompyuterda (CBE) topshirish mumkin, kirish imtihonlari 2 marta.

Natijalarning eʼlon qilinishi – imtihon sanasidan taxminan 5-6 hafta keyin

Nechta davlatda – 181 davlat, 400 dan ortiq markazlarda

Rasmiy sayt – https://www.accaglobal.com 

Qanday imtihonlar topshiriladi?

ACCA imtihonlari 2 darajaga taqsimlangan 14 ta fanni tashkil etadi. ACCA Professional sxemasi boʻyicha Oxford Brookes Universityda Applied Accounting (Buxgalteriya hisobi) mutaxassisligi boʻyicha bakalavr darajasini (Bachelor of Science) olish mumkin.

Birinchi daraja Fundamental (bazoviy) boʻlib, quydagi fanlarni oʻz ichiga oladi:

  • F1 Accountant in Business;
  • F2 Management Accounting;
  • F3 Financial Accounting;
  • F4 Corporate and Business Law;
  • F5 Performance Management;
  • F6 Taxation;
  • F7 Financial Reporting;
  • F8 Audit and Assurance;
  • F9 Financial Management.

Ikkinchi daraja Professional (P4 dan P7 gacha 4 ta fandan 2 tasi ixtiyoriy tanlanadi):

  • P1 Governance, Risk and Ethics (formerly Professional Accountant);
  • P2 Corporate Reporting;
  • P3 Business Analysis;
  • P4 Advanced Financial Management;
  • P5 Advanced Performance Management;
  • P6 Advanced Taxation;
  • P7 Advanced Audit and Assurance.

Imtihonlarni qogʻoz va onlayn shakllarda topshirish mumkin.

*Imtihonlar haqida toʻliq: SHU YERDA tanishing.

*Imtihon natijalarini ishlash (baholash) jarayoni haqida taʼlumot: SHU YERDA berilgan.

*Natijalar onlayn tarzda: SHU YERDA eʼlon qilinadi.

.

Qancha muddat?

ACCA da oʻqish muddati roʻyxatdan oʻtgan sanadan boshlab umumiy 10 yilni tashkil etadi. Asosiy taʼlim 3-4 yil.

Koʻrsatilgan vaqt ichida talaba 3 yillik majburiy ish stajiga ega boʻlishi va oʻrnatilgan tartibda dasturda koʻrsatilgan 13 ta taʼlim maqsadi (9 ta asosiy va 4 ta fakultativ)ga ega boʻlishi talab etiladi.

Tashkilot aʼzosi boʻlgunga qadar belgilangan 14 ta fan bilan birga “Etika” kursini ham oʻrganish kerak.

Imtihonlarga tayyorlanish

Imtihonlarga tayyorlanish uchun tashkilot quyidagi variantlarni taklif etadi:

  • taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi hamkorlar bilan tayyorlanish. Yurtimizda 4 ta hamkor mavjud (yuqorida berilgan). Batafsil: SHU YERDA.
  • tashkilot taqdim etgan resurslar: SHU YERDA.

*Imtihonlar boʻyicha eng koʻp tugʻiladigan savollarga javoblar: SHU YERDA.

Imtihon uchun majburiy qoidalar

ACCA imtihonlari qatʼiy belgilangan qoidalar doirasida oʻtkaziladi. Ular quyidagilar:

  1. Siz quyida keltirilgan tartib-qoidalarga soʻzsiz amal qilishingiz shart.
  2. Siz ACCA xodimlari yoki imtihon rahbari tomonidan berilgan har qanday yoʻriqnomani bajarishingiz zarur.
  3. ACCA xodimlari yoki imtihon rahbarini notoʻgʻri (yolgʻon) axborot taqdim etish orqali notoʻgʻri qaror chiqarishga undamasligingiz (aldamasligingiz) kerak.
  4. Imtihonga kitob yoki boshqa materiallar (shpargalka) olib kirish taʼqiqlanadi.
  5. Imtihonda foydalanish man etilgan material yoki uskunalarni ishlatish taʼqiqlanadi.
  6. Lugʻat yoki elektron lugʻat, mobil telefon, kalkulyator va hokazolardan foydalanish mumkin emas.
  7. 4 va 5-qoidalarni buzganda intizomiy choralar koʻrilishi mumkin.
  8. Imtihonga qurol bilan kirish taʼqiqlanadi.
  9. Imtihon vaqtida boshqa ishtirokchilarga yordam berish man etiladi.
  10. Imtihon rahbari, nazoratchilarning koʻrsatmalariga qatʼiy boʻysunish talab etiladi. Aks holda imtihondan chetlashrilish mumkin.
  11. Imtihon topshirish maqsadida turli noloyiq axloqiy faoliyat bilan shugʻullanish taʼqiqlanadi.
  12. Agar imtihonni qogʻoz variantda topshirsangiz, imtihon savollari yoki javoblar varaqasini imtihon xonasidan olib chiqish, ulardan nusxa koʻchirish mumkin emas.
  13. Agar imtihonni muvaffaqiyatli topshirish uchun adolatsiz boʻlgan usullardan foydalanishga harakat qilsangiz, imtihondan chetlashtirilasiz.
  14. Talabgorlar imtihon jarayonida boshqa ishtirokchilar bilan gaplashishlari man etiladi.
  15. Imtihon natijalarini ACCA tomonidan rasmiy eʼlon qilinishiga qadar qoʻlga kiritishga harakat qilish mumkin emas.

*Tartib-qoidalar batafsil: SHU YERDA keltirilgan.

Select the fields to be shown. Others will be hidden. Drag and drop to rearrange the order.
  • Image
  • SKU
  • Rating
  • Price
  • Stock
  • Availability
  • Add to cart
  • Description
  • Content
  • Weight
  • Dimensions
  • Additional information
  • Attributes
  • Custom attributes
  • Custom fields
Click outside to hide the comparison bar
Compare